Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/rekursiya-darajaga-kotarish

A ning N-darajasi

Oson 1000 ms 64 MB 25%
Ulaşiş

Ikkita butun $a$ va $n$ sonlari berilgan. Rekursiv funksiya yordamida $a^n$ qiymatini hisoblang:

$$a^0 = 1$$
$$a^n = a \times a^{n-1} \quad (n \ge 1)$$

Daraja körsatkiçi har çaqiriqda bittaga kamayadi, qiymatlar pastdan yuqoriga qaytadi

Kiruvçi ma'lumotlar

Bitta qatorda böş joy bilan ajratilgan holda ikkita butun $a$ va $n$ sonlari ($1 \le a \le 10$, $0 \le n \le 9$).

Çiquvçi ma'lumotlar

$a^n$ ning qiymati.

Izoh

$1 \le a \le 10$, $0 \le n \le 9$. Natija $10^9$ dan oşmaydi.

Misollar

Kiriş #1
2 3
Çiqiş #1
8
Kiriş #2
5 0
Çiqiş #2
1

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.