Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/rekursiya-orin-almashtirishlar

Rekursiya-03

Barcha o'rin almashtirishlar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 56%

$n$ ta har xil butun son berilgan. Ularning barcha o'rin almashtirishlarini (har bir son aynan bir marta qatnashgan tartiblarni) leksikografik tartibda chiqaring: avval birinchi elementi kichigi, birinchi elementlari teng bo'lsa — ikkinchisi kichigi va hokazo.

Berilgan sonlar va ularning barcha o'rin almashtirishlari tartib bilan ro'yxat qilingan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta har xil butun son $a_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

$n!$ ta qator, har birida bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.

Izoh

$1 \le n \le 8$
$-100 \le a_{i} \le 100$
$a_{i}$ sonlari har xil

Misollar

Kirish #1
3
2 1 3
Chiqish #1
1 2 3
1 3 2
2 1 3
2 3 1
3 1 2
3 2 1
Kirish #2
1
7
Chiqish #2
7

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.