Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/reyting-jadvali

Reyting jadvali

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 2000 ms 128 MB 20%
Mavzular: Saralash

Olimpiadada n ta ishtirokchi qatnashdi. Har birining ismi va to'plagan bali ma'lum. Reyting jadvalini tuzing: ishtirokchilar ball bo'yicha kamayish tartibida, ballari teng bo'lsa — ism bo'yicha alifbo tartibida joylashadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n ta qatorning har birida ism va ball, bo'sh joy bilan ajratilgan.

Chiquvchi ma'lumotlar

n ta qator: reyting tartibida har bir ishtirokchining ismi va bali.

Izoh

1 ≤ n ≤ 10⁵
Ism 1–20 ta kichik lotin harfidan iborat, ismlar takrorlanmaydi.
0 ≤ ball ≤ 10⁹

Misollar

Kirish #1
4
ali 90
vali 95
salim 90
anvar 100
Chiqish #1
anvar 100
vali 95
ali 90
salim 90
Kirish #2
1
bobur 0
Chiqish #2
bobur 0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.