Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/saralash-eng-yaqin-juftlik

Saralash-03

Eng yaqin ikki son

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 45%

$n$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \dots, a_{n}$ berilgan. Har xil o'rinda turgan ikkita sonni ($i \ne j$) shunday tanlangki, ularning ayirmasi moduli $|a_{i} - a_{j}|$ eng kichik bo'lsin. Shu eng kichik qiymatni toping.

Son o'qida berilgan sonlar va ular orasidagi eng kichik masofa ajratilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng kichik $|a_{i} - a_{j}|$.

Izoh

$2 \le n \le 2 * 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
5
15 3 9 22 11
Chiqish #1
2
Kirish #2
2
-4 6
Chiqish #2
10

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.