Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/ekub-va-ekuk

Sonlar-03

EKUB va EKUK

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

$q$ ta so'rov berilgan, har birida ikkita natural son $a$ va $b$. Har bir so'rov uchun $a$ va $b$ ning eng katta umumiy bo'luvchisi $\operatorname{EKUB}(a, b)$ va eng kichik umumiy karralisi $\operatorname{EKUK}(a, b)$ ni toping.

Ikki sonning umumiy bo'luvchisi va umumiy karralisi uzunlik bo'laklari bilan ko'rsatilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $q$. Keyingi $q$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $a$ va $b$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda ikkita butun son: $\operatorname{EKUB}(a, b)$ va $\operatorname{EKUK}(a, b)$.

Izoh

$1 \le q \le 10^{5}$
$1 \le a, b \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
3
12 18
7 5
10 10
Chiqish #1
6 36
1 35
10 10
Kirish #2
1
1000000000 999999999
Chiqish #2
1 999999999000000000

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.