Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/navbat-oyna-maksimumi

Siljuvçi oyna maksimumi

Örtaça 1000 ms 128 MB 64%
Ulaşiş

$n$ ta butun sondan iborat massiv $a$ va natural son $k$ berilgan. Uzunligi $k$ bölgan oyna massiv boşidan oxirigaça bittadan surilib boradi: avval $a_{1}, \dots, a_{k}$ ni, keyin $a_{2}, \dots, a_{k+1}$ ni va hokazo qamraydi. Oynaning har bir holatidagi eng katta elementni toping.

Massiv kataklari ustida bir xil uzunlikdagi oynaning ketma-ket holatlari va har biridagi eng katta element ajratilgan çizma

Kiruvçi ma'lumotlar

Birinçi qatorda ikkita natural son: $n$ va $k$. Ikkinçi qatorda böş joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta qatorda böş joy bilan ajratilgan $n - k + 1$ ta butun son — oynaning har bir holatidagi eng katta element.

Izoh

$1 \le k \le n \le 2 * 10^{5}$
$-10^{9} \le a_{i} \le 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
8 3
1 3 -1 -3 5 3 6 7
Çiqiş #1
3 3 5 5 6 7
Kiriş #2
3 3
4 2 9
Çiqiş #2
9

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.