Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/string-eng-kop-uchragan-soz

String-31

Eng ko'p uchragan so'z

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 50%

Kichik lotin harflari va bo'sh joylardan iborat $s$ matni berilgan. Matnda eng ko'p uchragan so'zni va u necha marta uchraganini toping. Agar bir nechta so'z bir xil marta uchrasa, lug'atda eng oldin keladigani olinadi. So'zlar bitta bo'sh joy bilan ajratilgan.

Matndagi so'zlar takrorlanishini hisoblab eng ko'p uchraganini aniqlash sxemasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda $s$ satri.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan so'z va u necha marta uchragani.

Izoh

$1 \le |s| \le 10^{5}$
$s$ kichik lotin harflari va bo'sh joylardan iborat
$s$ bo'sh joy bilan boshlanmaydi va tugamaydi, so'zlar orasida aynan bitta bo'sh joy

Misollar

Kirish #1
olma anor olma nok anor olma
Chiqish #1
olma 3
Kirish #2
nok uzum
Chiqish #2
nok 1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.