Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/string-eng-uzun-soz

String-25

Eng uzun so'z

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 32%

Kichik lotin harflari va bo'sh joylardan iborat $s$ matni berilgan. Matndagi eng uzun so'zni toping. Agar bir nechta so'zning uzunligi teng bo'lsa, ulardan birinchi uchragani olinadi. So'zlar bitta bo'sh joy bilan ajratilgan.

Matndagi har bir so'zning uzunligini solishtirish sxemasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda $s$ satri.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda eng uzun so'z.

Izoh

$1 \le |s| \le 10^{5}$
$s$ kichik lotin harflari va bo'sh joylardan iborat
$s$ bo'sh joy bilan boshlanmaydi va tugamaydi, so'zlar orasida aynan bitta bo'sh joy

Misollar

Kirish #1
men dasturlashni yaxshi koraman
Chiqish #1
dasturlashni
Kirish #2
ab cd ef
Chiqish #2
ab

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.