Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/string-katta-harflar-soni

String-07

Katta harflar soni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 23%

Lotin harflari, raqamlar va bo'sh joylardan iborat $s$ satr berilgan. Satrda qatnashgan katta lotin harflari (A dan Z gacha) sonini toping.

Satr ichidan faqat katta harflarni saralab sanash sxemasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda $s$ satri.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son.

Izoh

$1 \le |s| \le 10^{5}$
$s$ lotin harflari (katta va kichik), raqamlar va bo'sh joylardan iborat
$s$ bo'sh joy bilan boshlanmaydi va tugamaydi

Misollar

Kirish #1
Toshkent Va Samarqand
Chiqish #1
3
Kirish #2
abc
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.