~/algor $ cat masalalar/string-satrlarni-solishtirish
String-17
Ikki so'zni solishtirish
Oson
1000 ms
128 MB
28%
Kichik lotin harflaridan iborat ikkita $a$ va $b$ so'z berilgan. Ularni lug'at tartibida taqqoslang: so'zlar harfma-harf solishtiriladi, birinchi farq qilgan harf alifboda oldin kelgan so'z oldin turadi; biri ikkinchisining boshi bo'lsa, qisqasi oldin keladi. $a$ oldin kelsa <, $b$ oldin kelsa >, so'zlar teng bo'lsa = chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda $a$, ikkinchi qatorda $b$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta belgi: <, > yoki =.
Izoh
$1 \le |a|, |b| \le 10^{5}$
$a$ va $b$ faqat kichik lotin harflaridan iborat
Misollar
Kirish #1
kitob kitobxon
Chiqish #1
<
Kirish #2
olma anor
Chiqish #2
>