Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/string-umumiy-harflar

String-21

Umumiy harflar soni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 128 MB 30%

Kichik lotin harflaridan iborat ikkita $a$ va $b$ so'z berilgan. Har bir harf uchun uning $a$ dagi soni va $b$ dagi soni orasidan kichigi olinadi. Barcha harflar bo'yicha shu sonlarning yig'indisini toping.

Ikki so'zdagi bir xil harflarni juftlab sanash sxemasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda $a$, ikkinchi qatorda $b$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son.

Izoh

$1 \le |a|, |b| \le 10^{5}$
$a$ va $b$ faqat kichik lotin harflaridan iborat

Misollar

Kirish #1
banana
ananas
Chiqish #1
5
Kirish #2
abc
xyz
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.