Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/tadbirlar-jadvali

Tadbirlar jadvali

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 35%

Bitta zalda n ta tadbir o'tkazilishi rejalashtirilgan. i-tadbir sᵢ vaqtda boshlanib, eᵢ vaqtda tugaydi. Zalda bir vaqtda faqat bitta tadbir bo'lishi mumkin. Bir tadbir tugagan vaqtda keyingisi boshlanishi mumkin.

Eng ko'pi bilan nechta tadbirni o'tkazish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n ta qatorning har birida ikkita son: sᵢ va eᵢ.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — o'tkazish mumkin bo'lgan tadbirlarning eng ko'p soni.

Izoh

1 ≤ n ≤ 10⁵ 0 ≤ sᵢ < eᵢ ≤ 10⁹

Misollar

Kirish #1
3
1 3
2 5
3 9
Chiqish #1
2
Kirish #2
4
1 2
2 3
3 4
1 4
Chiqish #2
3

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.