~/algor $ cat masalalar/while-garmonik-qator-a-dan-kichik
While-14
Garmonik qator a dan oshmaguncha
Oson
1000 ms
64 MB
28%
Haqiqiy son $a$ berilgan ($a \gt 1$). Quyidagi garmonik qator yig'indisi $a$ dan oshmaydigan ($S \le a$) eng katta musbat butun $k$ sonini va shu yig'indini toping:
$$S = 1 + \frac{1}{2} + \frac{1}{3} + \dots + \frac{1}{k}$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta haqiqiy son $a$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan ikkita son: butun son $k$ va $S$ — nuqtadan keyin aynan 4 ta raqam bilan (masalan, 2 1.5000).
Izoh
$1.1 \le a \le 5.0$
Misollar
Kirish #1
1.5
Chiqish #1
2 1.5000
Kirish #2
2.0
Chiqish #2
3 1.8333