Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/while-ikkilikdan-onlikka

While-26

Ikkilik sonni o'nlikka o'tkazish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 32%

Ikkilik sanoq sistemasida yozilgan son $n$ berilgan (faqat $0$ va $1$ raqamlaridan iborat). Uni o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing: oxirgi raqam $2^{0}$ ga, undan oldingisi $2^{1}$ ga, keyingisi $2^{2}$ ga va hokazo ko'paytirilib qo'shiladi.

$$1011_{2} = 1 * 2^{3} + 0 * 2^{2} + 1 * 2^{1} + 1 * 2^{0} = 11$$

Ikkilik xonalarini ikkining darajalari bo'yicha o'nlikka o'tkazish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son $n$ (ikkilik yozuvi).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — $n$ ning o'nlik sanoq sistemasidagi qiymati.

Izoh

$0 \le n \le 111111111111111111$
$n$ yozuvida faqat $0$ va $1$ raqamlari bor

Misollar

Kirish #1
1011
Chiqish #1
11
Kirish #2
100000
Chiqish #2
32

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.