Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/while-k-lik-sanoq-sistemasi

While-31

k-lik sanoq sistemasiga o'tkazish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 47%

Ikkita butun son $n$ va $k$ berilgan. $n$ sonining $k$-lik sanoq sistemasidagi yozuvini toping (masalan, $10 = 1 * 3^{2} + 0 * 3^{1} + 1 * 3^{0} = 101_{3}$).

Sonni k lik asos bo'yicha ketma-ket bo'lib qoldiqlarni yozish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $n$ va $k$.

Chiquvchi ma'lumotlar

$n$ ning $k$-lik sanoq sistemasidagi yozuvi — raqamlar orasida bo'sh joy yo'q, boshida ortiqcha nollar yo'q; $n = 0$ bo'lsa 0.

Izoh

$0 \le n \le 10^{9}$
$2 \le k \le 9$

Misollar

Kirish #1
10 3
Chiqish #1
101
Kirish #2
255 2
Chiqish #2
11111111

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.