Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/while-kasrlar-yigindisi

While-34

Kasrlar yig'indisi

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 49%

To'rtta natural son $a$, $b$, $c$ va $d$ berilgan. $\frac{a}{b}$ va $\frac{c}{d}$ kasrlarning yig'indisini qisqarmas kasr $\frac{p}{q}$ ko'rinishida toping ($p$ va $q$ ning eng katta umumiy bo'luvchisi $1$ ga teng):

$$\frac{a}{b} + \frac{c}{d} = \frac{p}{q}$$

Yig'indi butun son bo'lsa ham kasr ko'rinishida chiqariladi (masalan, $\frac{2}{1}$ uchun 2 1).

Ikkita kasr yig'indisini umumiy maxraj va qisqartirish orqali topish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'rtta natural son: $a$, $b$, $c$ va $d$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan ikkita butun son: $p$ va $q$.

Izoh

$1 \le a, b, c, d \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
1 2 1 3
Chiqish #1
5 6
Kirish #2
1 4 1 4
Chiqish #2
1 2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.