Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/while-shilliqqurt-va-devor

While-28

Shilliqqurt va devor

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 46%

Balandligi $H$ metr bo'lgan devor tagidan shilliqqurt yuqoriga o'rmalaydi. U har kuni kunduzi $A$ metr ko'tariladi, kechasi esa $B$ metr pastga sirg'aladi ($A \gt B$). Kunduzi balandligi $H$ ga yetsa yoki undan oshsa, shilliqqurt tepaga chiqqan hisoblanadi (o'sha kechasi u sirg'almaydi). Shilliqqurt devor tepasiga nechanchi kuni chiqishini aniqlang.

Kunduzgi ko'tarilish va tungi pastga sirg'alish natijasida devor cho'qqisiga chiqish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $H$, $A$ va $B$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — shilliqqurt tepaga chiqadigan kun raqami.

Izoh

$1 \le H \le 10^{6}$
$1 \le B \lt A \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
10 3 1
Chiqish #1
5
Kirish #2
5 6 2
Chiqish #2
1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.