~/algor $ cat masalalar/while-yigindisi-n-dan-katta-k
While-11
Yig'indisi n dan kichik bo'lmagan k
Oson
1000 ms
64 MB
27%
Musbat butun son $n$ berilgan. Quyidagi shart bajariladigan eng kichik musbat butun $k$ sonini va shu yig'indini toping:
$$1 + 2 + \dots + k \ge n$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta butun son $n$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan ikkita butun son: $k$ va yig'indi.
Izoh
$1 \le n \le 10^{8}$
Misollar
Kirish #1
10
Chiqish #1
4 10
Kirish #2
12
Chiqish #2
5 15