Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/zinapoya

Zinapoya

I Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 30%
Mavzular: Dinamik dasturlash

Zinapoya n ta pog'onadan iborat. Bir qadamda 1, 2 yoki 3 pog'ona yuqoriga chiqish mumkin. Pastdan (0-pog'onadan) aynan n-pog'onaga necha xil usulda chiqish mumkin?

Javob juda katta bo'lishi mumkin, shuning uchun uni 10⁹ + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta butun son n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — usullar soni, 10⁹ + 7 ga bo'lgandagi qoldiq.

Izoh

1 ≤ n ≤ 10⁶

Masalan, n = 3 bo'lsa: 1+1+1, 1+2, 2+1, 3 — jami 4 usul.

Misollar

Kirish #1
3
Chiqish #1
4
Kirish #2
4
Chiqish #2
7

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.