~/algor $ cat contests/round-3/C
C. Ikkinçi eng katta
1000 ms
64 MB
Natural son $n$ va $n$ ta butun sondan iborat massiv berilgan. Massivdagi ikkinçi eng katta qiymatni toping: bir xil qiymatlar bitta deb hisoblanadi (masalan, $5, 5, 3$ massivida ikkinçi eng katta qiymat $3$). Massivda har xil qiymatlar ikkitadan kam bölsa, $-1$ çiqaring.
Kiruvçi ma'lumotlar
Birinçi qatorda natural son $n$. Ikkinçi qatorda böş joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son.
Çiquvçi ma'lumotlar
Bitta butun son — ikkinçi eng katta qiymat yoki $-1$.
Izoh
$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le a_{i} \le 10^{9}$
Misollar
Kiriş #1
5 4 9 2 9 7
Çiqiş #1
7
Kiriş #2
3 5 5 3
Çiqiş #2
3