~/algor $ cat masalalar/begin-avtomobillar-uchrashuvi
Begin-19
Ikki avtomobil uchrashuvi
Oson
1000 ms
64 MB
12%
$A$ va $B$ shaharlar orasidagi masofa $S$ km. Bir vaqtda $A$ dan $B$ ga $v_{1}$ km/soat tezlik bilan birinchi avtomobil, $B$ dan $A$ ga $v_{2}$ km/soat tezlik bilan ikkinchi avtomobil yo'lga chiqdi. Ular necha soatdan keyin ($t$) uchrashadi va uchrashuv joyi $A$ shahardan qancha uzoqlikda ($d$, km) bo'ladi?
$$t = \frac{S}{v_{1} + v_{2}}, \qquad d = v_{1} * t$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta natural son: $S$, $v_{1}$ va $v_{2}$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita son: $t$ va $d$, har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 3.00).
Izoh
$1 \le S \le 10^{4}$
$1 \le v_{1}, v_{2} \le 300$
Misollar
Kirish #1
300 60 40
Chiqish #1
3.00 180.00
Kirish #2
10 1 2
Chiqish #2
3.33 3.33