Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-tezlanuvchan-harakat

Begin-20

Tezlanuvchan harakat

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 12%

Jism to'g'ri chiziq bo'ylab tekis tezlanuvchan harakat qilmoqda: boshlang'ich tezligi $v_{0}$ m/s, tezlanishi $a$ m/s². $t$ soniyadan keyingi tezligi $v$ va shu vaqtda bosib o'tgan yo'li $s$ ni toping:

$$v = v_{0} + a * t, \qquad s = v_{0} * t + \frac{a * t^{2}}{2}$$

Tezlikning vaqtga bog'liqlik grafigi: tezlik v0 dan v gacha tekis o'sadi; grafik ostidagi yuza — yo'l s

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $v_{0}$, $a$ va $t$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita son: $v$ — butun son, $s$ — nuqtadan keyin aynan 1 ta raqam bilan (masalan, 32.0).

Izoh

$0 \le v_{0} \le 1000$
$0 \le a \le 100$
$0 \le t \le 1000$

Misollar

Kirish #1
2 3 4
Chiqish #1
14 32.0
Kirish #2
0 1 3
Chiqish #2
3 4.5

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.