Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-erkin-tushish

Begin-27

Erkin tushish

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 15%

Jism $h$ metr balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tushib ketdi (havo qarshiligi hisobga olinmaydi). U necha soniyada ($t$) yerga tushadi va yerga urilish paytidagi tezligi $v$ (m/s) qancha?

$$t = \sqrt{\frac{2 * h}{g}}, \qquad v = g * t$$

Erkin tushish tezlanishi $g = 9.8$.

Jism h balandlikdan g tezlanish bilan tushadi; yerga t vaqtda v tezlik bilan uriladi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta natural son $h$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita son: $t$ va $v$, har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 2.02).

Izoh

$1 \le h \le 10^{5}$

Misollar

Kirish #1
20
Chiqish #1
2.02 19.80
Kirish #2
490
Chiqish #2
10.00 98.00

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.