~/algor $ cat masalalar/uchburchak-yuzi
Begin-28
Uchburchak yuzi
Oson
1000 ms
64 MB
15%
Uchburchakning tomonlari $a$, $b$ va $c$ berilgan. Uning yuzi $S$ ni Geron formulasi bilan toping; bu yerda $p$ — yarim perimetr:
$$p = \frac{a + b + c}{2}, \qquad S = \sqrt{p * (p - a) * (p - b) * (p - c)}$$
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta natural son: $a$, $b$ va $c$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — $S$, nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 6.00).
Izoh
$1 \le a, b, c \le 1000$
Bunday uchburchak mavjud: istalgan ikki tomon yig'indisi uchinchisidan katta.
Misollar
Kirish #1
3 4 5
Chiqish #1
6.00
Kirish #2
2 2 2
Chiqish #2
1.73