~/algor $ cat masalalar/begin-kosinuslar-teoremasi
Begin-39
Kosinuslar teoremasi
O'rtacha
1000 ms
64 MB
39%
Uchburchakning ikki tomoni $a$, $b$ va ular orasidagi burchak $\gamma$ (gradusda) berilgan. Uchinchi tomon $c$ va uchburchak yuzi $S$ ni toping:
$$c = \sqrt{a^{2} + b^{2} - 2 * a * b * \cos \gamma}, \qquad S = \frac{1}{2} * a * b * \sin \gamma$$
$\pi = 3.141592653589793$ deb oling.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta natural son: $a$, $b$ va $\gamma$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita son: $c$ va $S$, har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 5.00).
Izoh
$1 \le a, b \le 1000$
$1 \le \gamma \le 179$
Misollar
Kirish #1
3 4 90
Chiqish #1
5.00 6.00
Kirish #2
5 5 60
Chiqish #2
5.00 10.83