Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/begin-qiya-otilgan-jism

Begin-40

Qiya otilgan jism

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 39%

Jism yer sirtidan $v_{0}$ m/s tezlik bilan gorizontga $\alpha$ gradus burchak ostida otildi (havo qarshiligi hisobga olinmaydi). Uchish vaqti $T$, eng katta ko'tarilish balandligi $H$ va uchish uzoqligi $L$ ni toping:

$$T = \frac{2 * v_{0} * \sin \alpha}{g}, \qquad H = \frac{v_{0}^{2} * \sin^{2} \alpha}{2 * g}, \qquad L = \frac{v_{0}^{2} * \sin (2 * \alpha)}{g}$$

Erkin tushish tezlanishi $g = 9.8$. $\pi = 3.141592653589793$ deb oling.

Gorizontga alfa burchak ostida v0 tezlik bilan otilgan jismning parabola shaklidagi yo'li: eng katta balandlik H, uchish uzoqligi L

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita natural son: $v_{0}$ va $\alpha$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta son: $T$, $H$ va $L$, har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 1.44).

Izoh

$1 \le v_{0} \le 1000$
$1 \le \alpha \le 89$

Misollar

Kirish #1
10 45
Chiqish #1
1.44 2.55 10.20
Kirish #2
20 30
Chiqish #2
2.04 5.10 35.35

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.