Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/juftsiz-son

Bit-02

Juftsiz son

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

$n$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \ldots, a_{n}$ berilgan. Ulardan bitta qiymat faqat bir marta uchraydi, qolgan har bir qiymat esa juft marta ($2$, $4$, $6$, $\ldots$ marta) uchraydi. Bir marta uchraydigan qiymatni toping.

Sonlar qatorida juft-juft uchragan qiymatlar va yolg'iz qolgan qiymat chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda toq natural son $n$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — bir marta uchraydigan qiymat.

Izoh

$1 \le n \lt 2 * 10^{5}$
$0 \le a_{i} \le 10^{18}$

Misollar

Kirish #1
5
4 1 2 1 2
Chiqish #1
4
Kirish #2
1
7
Chiqish #2
7

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.