Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/bit-oraliq-xor

Bit-03

Oraliq XOR so'rovlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 52%

$n$ ta butun son $a_{1}, a_{2}, \ldots, a_{n}$ va $q$ ta so'rov berilgan. Har bir so'rovda $l$ va $r$ beriladi; $a_{l} \oplus a_{l+1} \oplus \ldots \oplus a_{r}$ ni toping. Bu yerda $\oplus$ — bitlar bo'yicha XOR (istisno qiluvchi yoki) amali: ikkilik yozuvda bitlar har xil bo'lgan o'rinda $1$, bir xil bo'lgan o'rinda $0$.

Massivning berilgan oralig'idagi elementlarning XOR natijasi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita natural son: $n$ va $q$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son $a_{i}$. Keyingi $q$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $l$ va $r$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har bir so'rov uchun alohida qatorda bitta butun son.

Izoh

$1 \le n, q \le 10^{5}$
$0 \le a_{i} \le 10^{9}$
$1 \le l \le r \le n$

Misollar

Kirish #1
5 3
1 2 3 4 5
1 3
2 5
4 4
Chiqish #1
0
0
4
Kirish #2
3 2
7 7 7
1 2
1 3
Chiqish #2
0
7

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.