~/algor $ cat masalalar/bit-qism-toplamlar
Bit-04
Yig'indisi S bo'lgan qism to'plamlar
O'rtacha
1000 ms
128 MB
59%
$n$ ta natural son $a_{1}, a_{2}, \ldots, a_{n}$ va butun son $S$ berilgan. Elementlari yig'indisi aynan $S$ ga teng bo'lgan nechta qism to'plam borligini toping. Bo'sh to'plamning yig'indisi $0$ ga teng; qiymati teng, lekin har xil o'rindagi elementlar har xil hisoblanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $S$. Ikkinchi qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta natural son $a_{i}$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son — qism to'plamlar soni.
Izoh
$1 \le n \le 16$
$1 \le a_{i} \le 10^{6}$
$0 \le S \le 1.6 * 10^{7}$
Misollar
Kirish #1
4 10 2 3 5 7
Chiqish #1
2
Kirish #2
3 100 1 2 3
Chiqish #2
0