Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/boolean-doira-ichidami

Boolean-22

Doira ichidami?

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 19%

Tekislikda markazi $(a; b)$ nuqtada, radiusi $r$ bo'lgan doira va $(x; y)$ nuqta berilgan. Quyidagi tasdiqni tekshiring: «Nuqta doiraga tegishli», ya'ni doira ichida yoki aylanada yotadi:

$$(x - a)^{2} + (y - b)^{2} \le r^{2}$$

Markazi a va b nuqtada bo'lgan doira va nuqta

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda uchta butun son: $a$, $b$ va $r$.
Ikkinchi qatorda ikkita butun son: $x$ va $y$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son: agar tasdiq rost bo'lsa $1$, aks holda $0$.

Izoh

$-1000 \le a, b, x, y \le 1000$
$1 \le r \le 1000$

Misollar

Kirish #1
0 0 5
3 4
Chiqish #1
1
Kirish #2
0 0 5
4 4
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.