Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/boolean-tortburchak-ichidami

Boolean-21

To'rtburchak ichidami?

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 18%

Tekislikda tomonlari koordinata o'qlariga parallel to'g'ri to'rtburchak berilgan: uning quyi chap uchi $(x_{1}; y_{1})$, yuqori o'ng uchi $(x_{2}; y_{2})$. Yana $(x; y)$ nuqta berilgan. Quyidagi tasdiqni tekshiring: «Nuqta to'g'ri to'rtburchak ichida yoki uning chegarasida yotadi».

To'g'ri to'rtburchak va uning ichidagi nuqta

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda to'rtta butun son: $x_{1}$, $y_{1}$, $x_{2}$ va $y_{2}$.
Ikkinchi qatorda ikkita butun son: $x$ va $y$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son: agar tasdiq rost bo'lsa $1$, aks holda $0$.

Izoh

$-10^{9} \le x_{1} \lt x_{2} \le 10^{9}$
$-10^{9} \le y_{1} \lt y_{2} \le 10^{9}$
$-10^{9} \le x, y \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
0 0 4 3
2 1
Chiqish #1
1
Kirish #2
0 0 4 3
5 1
Chiqish #2
0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.