Asosiy qismga ötiş
Seşanba (24.11.2026) soat 20:00 da: ALGOR Musobaqasi: Round #4 (Special Challenge) boşlanadi!

~/algor $ cat problems/simmetrik-nuqtalarmi

Simmetrik nuqtalarmi?

Oson 1000 ms 64 MB 18%
Ulaşiş

Tekislikda $A(x_{1}; y_{1})$ va $B(x_{2}; y_{2})$ nuqtalar berilgan. Quyidagi tasdiqni tekşiring: «$A$ va $B$ nuqtalar koordinata boşi $O(0; 0)$ ga nisbatan simmetrik», ya'ni $O$ nuqta $AB$ kesmaning örtasi.

Koordinata tekisligida A va B nuqtalar; ularni tutaştiruvçi kesma koordinata boşidan ötadi va u yerda teng ikkiga bölinadi

Kiruvçi ma'lumotlar

Bitta qatorda törtta butun son: $x_{1}$, $y_{1}$, $x_{2}$ va $y_{2}$.

Çiquvçi ma'lumotlar

Bitta butun son: agar tasdiq rost bölsa $1$, aks holda $0$.

Izoh

$-10^{9} \le x_{1}, y_{1}, x_{2}, y_{2} \le 10^{9}$

Misollar

Kiriş #1
2 3 -2 -3
Çiqiş #1
1
Kiriş #2
2 3 -2 3
Çiqiş #2
0

Yeçim yuboriş uçun tizimga kiring

Röyxatdan ötiş bepul va bir daqiqa oladi.