~/algor $ cat masalalar/case-inglizcha-tartib-son
Case-39
Inglizcha tartib son
O'rtacha
1000 ms
64 MB
47%
Ingliz tilida tartib son raqam va qo'shimcha bilan yoziladi: 1st, 2nd, 3rd, 4th. Qoida: son $1$ bilan tugasa st, $2$ bilan tugasa nd, $3$ bilan tugasa rd, boshqa raqam bilan tugasa th qo'shiladi. Lekin sonning oxirgi ikki raqami $11$, $12$ yoki $13$ bo'lsa, doim th qo'shiladi: 11th, 12th, 113th. Natural son $n$ berilgan. Uni tartib son ko'rinishida chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta natural son $n$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Son va qo'shimcha bo'sh joysiz, qo'shimcha kichik harflarda (masalan, 21st).
Izoh
$1 \le n \le 10^{9}$
Misollar
Kirish #1
21
Chiqish #1
21st
Kirish #2
12
Chiqish #2
12th