~/algor $ cat masalalar/case-katta-rim-raqami
Rim raqamida yozish
Natural son $n$ ni Rim raqamlarida yozing. Belgilar: I — $1$, V — $5$, X — $10$, L — $50$, C — $100$, D — $500$, M — $1000$. Son xonalari bo'yicha chapdan o'ngga yoziladi: mingliklar, yuzliklar, o'nliklar, birliklar. Har bir xonadagi raqam shu xonaning belgilari bilan yoziladi (birliklarda I, V, X; o'nliklarda X, L, C; yuzliklarda C, D, M; mingliklarda M). Birliklar misolida: $1, 2, 3$ — I, II, III; $4$ — IV; $5$ — V; $6, 7, 8$ — VI, VII, VIII; $9$ — IX; $0$ — hech narsa yozilmaydi. Masalan, $1994$ — MCMXCIV.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta natural son $n$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Sonning Rim raqamlarida yozilishi — katta lotin harflari, bo'sh joysiz.
Izoh
$1 \le n \le 3999$
Misollar
2026
MMXXVI
49
XLIX