Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/keyingi-sana

Case-20

Keyingi sana

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 24%

Kabisa bo'lmagan yilning to'g'ri sanasi berilgan: kun $D$ va oy $M$. Ertangi kunning kuni va oyini toping. Fevralda $28$ kun; 31-dekabrdan keyin 1-yanvar keladi.

Taqvim varag'ida keyingi kunga o'tish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $D$ va $M$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: keyingi kunning kuni va oyi.

Izoh

$1 \le M \le 12$
$1 \le D \le 31$
Sana to'g'ri ekani kafolatlanadi.

Misollar

Kirish #1
1 3
Chiqish #1
2 3
Kirish #2
31 1
Chiqish #2
1 2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.