Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-oy-kunlari-kabisa

Case-22

Kabisa yilida oy kunlari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 25%

Oy raqami $m$ va yil $y$ berilgan. Shu yilning shu oyida necha kun borligini toping. $1, 3, 5, 7, 8, 10, 12$-oylarda $31$ kun, $4, 6, 9, 11$-oylarda $30$ kun bor. Fevral kabisa yilida $29$ kun, boshqa yillarda $28$ kun. Yil kabisa bo'ladi, agar u $4$ ga bo'linsa va $100$ ga bo'linmasa, yoki $400$ ga bo'linsa.

Oy va yil bo'yicha taqvim varag'i kunlari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $m$ va $y$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — oydagi kunlar soni.

Izoh

$1 \le m \le 12$
$1 \le y \le 9999$

Misollar

Kirish #1
2 2024
Chiqish #1
29
Kirish #2
2 1900
Chiqish #2
28

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.