Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-yilning-kuni

Case-23

Yilning nechanchi kuni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 25%

Kabisa bo'lmagan yilning sanasi berilgan: kun $d$ va oy $m$. Bu sana yilning nechanchi kuni ekanini aniqlang: 1-yanvar — $1$-kun, 31-dekabr — $365$-kun. $1, 3, 5, 7, 8, 10, 12$-oylarda $31$ kun, $4, 6, 9, 11$-oylarda $30$ kun, fevralda $28$ kun bor.

Yil boshidan boshlab o'tgan kunlar ketma-ketligi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: $d$ va $m$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — kunning yildagi tartib raqami.

Izoh

$1 \le m \le 12$
$1 \le d \le 31$
Sana to'g'ri ekani kafolatlanadi.

Misollar

Kirish #1
3 2
Chiqish #1
34
Kirish #2
31 12
Chiqish #2
365

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.