Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-robot-burilib-yuradi

Case-17

Burilib yuradigan robot

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 23%

Robot koordinata tekisligida $(x; y)$ nuqtada $c$ yo'nalishga qarab turibdi. Unga avval burilish buyrug'i $k$ beriladi: $0$ — burilmaydi, $1$ — chapga $90^{\circ}$ (soat strelkasiga teskari), $2$ — o'ngga $90^{\circ}$ (soat strelkasi bo'yicha), $-1$ — $180^{\circ}$ (orqaga) burilish. Keyin robot yangi yo'nalishda $n$ qadam yuradi. Yo'nalishlar: s — shimol (har qadamda $y$ $1$ ga oshadi), j — janub ($y$ $1$ ga kamayadi), q — sharq ($x$ $1$ ga oshadi), g — g'arb ($x$ $1$ ga kamayadi). Robot to'xtagan nuqtani va oxirgi yo'nalishini toping.

Robotning burilib so'ng to'g'ri qadam tashlashi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda: butun sonlar $x$ va $y$, yo'nalish harfi $c$ (s, j, q yoki g), butun sonlar $k$ va $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda: robot to'xtagan nuqtaning $x$ va $y$ koordinatalari hamda yangi yo'nalish harfi.

Izoh

$-1000 \le x, y \le 1000$
$k \in \{-1, 0, 1, 2\}$
$0 \le n \le 1000$

Misollar

Kirish #1
1 2 s 2 3
Chiqish #1
4 2 q
Kirish #2
0 0 q 1 4
Chiqish #2
0 4 s

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.