Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-burilish-buyrugi

Case-16

Burilish buyrug'i

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 23%

Lokator $c_{1}$ yo'nalishga qarab turibdi, uni $c_{2}$ yo'nalishga burish kerak. Yo'nalishlar: s — shimol, j — janub, q — sharq, g — g'arb. Lokator bitta buyruqni bajaradi: $0$ — burilmaydi, $1$ — chapga $90^{\circ}$ (soat strelkasiga teskari), $2$ — o'ngga $90^{\circ}$ (soat strelkasi bo'yicha), $-1$ — $180^{\circ}$ (orqaga) burilish. $c_{1}$ dan $c_{2}$ ga o'tish uchun qaysi buyruq kerakligini toping.

Boshlang'ich va yakuniy yo'nalishlar orasidagi burilish burchagi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita harf: $c_{1}$ va $c_{2}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son: $0$, $1$, $2$ yoki $-1$.

Izoh

$c_{1}$, $c_{2}$ — s, j, q yoki g
$c_{1}$ va $c_{2}$ teng bo'lishi mumkin.

Misollar

Kirish #1
s g
Chiqish #1
1
Kirish #2
q j
Chiqish #2
2

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.