Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-robot-qadami

Case-15

Robot qadami

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
Oson 1000 ms 64 MB 22%

Robot koordinata tekisligida $(x; y)$ nuqtada turibdi va $c$ yo'nalishda $n$ qadam yuradi. Yo'nalishlar: s — shimol (har qadamda $y$ $1$ ga oshadi), j — janub ($y$ $1$ ga kamayadi), q — sharq ($x$ $1$ ga oshadi), g — g'arb ($x$ $1$ ga kamayadi). Robot to'xtagan nuqtaning koordinatalarini toping.

Tekislikda robotning berilgan yo'nalish bo'ylab siljishi chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda to'rtta element: butun sonlar $x$ va $y$, yo'nalish harfi $c$ (s, j, q yoki g) hamda butun son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son: robot to'xtagan nuqtaning $x$ va $y$ koordinatalari.

Izoh

$-1000 \le x, y \le 1000$
$0 \le n \le 1000$

Misollar

Kirish #1
2 1 s 3
Chiqish #1
2 4
Kirish #2
0 0 g 5
Chiqish #2
-5 0

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.