Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-sananing-hafta-kuni

Case-37

Sananing hafta kuni

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 46%

Kabisa bo'lmagan yilda 1-yanvar haftaning $w$-kuni: $1$ — Dushanba, $2$ — Seshanba, $3$ — Chorshanba, $4$ — Payshanba, $5$ — Juma, $6$ — Shanba, $7$ — Yakshanba. Shu yilning $m$-oyining $d$-kuni haftaning qaysi kuni bo'lishini toping. $1, 3, 5, 7, 8, 10, 12$-oylarda $31$ kun, $4, 6, 9, 11$-oylarda $30$ kun, fevralda $28$ kun bor.

Yilning birinchi kunidan boshlab sananing hafta kunini aniqlash chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $w$, $d$ va $m$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Hafta kunining nomi, bosh harf bilan (masalan, Chorshanba).

Izoh

$1 \le w \le 7$
$1 \le m \le 12$
$1 \le d \le 31$
Sana to'g'ri ekani kafolatlanadi.

Misollar

Kirish #1
1 3 1
Chiqish #1
Chorshanba
Kirish #2
4 1 3
Chiqish #2
Yakshanba

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.