Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/case-vaqt-mintaqalari

Case-36

Vaqt mintaqalari

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

Toshkentda soat $h$ dan $m$ daqiqa o'tdi. Shu paytda $c$ raqamli shaharda soat necha bo'lishini toping. Shaharlar va ularning Toshkent vaqtidan farqi:

$c$ Shahar Farq
$1$ Toshkent $0$
$2$ Moskva $2$ soat orqada
$3$ London $5$ soat orqada
$4$ Nyu-York $10$ soat orqada
$5$ Tokio $4$ soat oldinda
$6$ Dehli $30$ daqiqa oldinda

Soat $24$ soatlik tizimda: 23:59 dan keyin 00:00 keladi. Sana (kun) chiqarilmaydi.

Toshkent vaqtidan tanlangan shahar vaqtiga o'tish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda uchta butun son: $c$, $h$ va $m$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Vaqt HH:MM ko'rinishida: soat va daqiqa ikki xonali, kerak bo'lsa oldida $0$ (masalan, 09:05).

Izoh

$1 \le c \le 6$
$0 \le h \le 23$
$0 \le m \le 59$

Misollar

Kirish #1
2 14 30
Chiqish #1
12:30
Kirish #2
6 23 45
Chiqish #2
00:15

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.