Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/teng-tomonli-uchburchak

Case-34

Teng tomonli uchburchak

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 44%

Teng tomonli uchburchakning elementlaridan biri berilgan: $1$ — tomoni $a$, $2$ — ichki chizilgan aylana radiusi $R_{1}$, $3$ — tashqi chizilgan aylana radiusi $R_{2}$, $4$ — yuzi $S$. Ular orasidagi bog'lanish:

$$R_{1} = \frac{a}{2 * \sqrt{3}}, \qquad R_{2} = \frac{a}{\sqrt{3}}, \qquad S = \frac{\sqrt{3}}{4} * a^{2}$$

Element raqami $N$ va uning qiymati $X$ berilgan. Qolgan uchta elementni toping.

Teng tomonli uchburchak va unga ichki hamda tashqi chizilgan aylanalar chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda element raqami $N$ va uning qiymati $X$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda qolgan uchta element raqamlari o'sish tartibida ($a$, $R_{1}$, $R_{2}$, $S$ dan berilgani tashlab), har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 0.29 0.58 0.43).

Izoh

$1 \le N \le 4$
$0 \lt X \le 100$, $X$ — butun son

Misollar

Kirish #1
1 1
Chiqish #1
0.29 0.58 0.43
Kirish #2
1 2
Chiqish #2
0.58 1.15 1.73

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.