~/algor $ cat masalalar/teng-yonli-uchburchak-elementlari
Teng yonli uchburchak elementlari
Teng yonli to'g'ri burchakli uchburchakning elementlaridan biri berilgan: $1$ — katet $a$, $2$ — gipotenuza $c$, $3$ — gipotenuzaga tushirilgan balandlik $h$, $4$ — yuza $S$. Ular orasidagi bog'lanish:
$$c = a * \sqrt{2}, \qquad h = \frac{c}{2}, \qquad S = \frac{a^{2}}{2}$$
Element raqami $N$ va uning qiymati $X$ berilgan. Qolgan uchta elementni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda element raqami $N$ va uning qiymati $X$.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda qolgan uchta element raqamlari o'sish tartibida ($a$, $c$, $h$, $S$ dan berilgani tashlab), har biri nuqtadan keyin aynan 2 ta raqam bilan (masalan, 1.41 0.71 0.50).
Izoh
$1 \le N \le 4$
$0 \lt X \le 100$, $X$ — butun son
Misollar
1 1
1.41 0.71 0.50
1 2
2.83 1.41 2.00