Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/dp-eng-kam-tangalar

DP-02

Eng kam tangalar

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 56%

$n$ xil qiymatli tangalar bor: $c_{1}, c_{2}, \dots, c_{n}$; har biridan istalgancha olish mumkin. Jami aynan $S$ so'm bo'ladigan qilib eng kamida nechta tanga olish kerakligini aniqlang. $S$ ni yig'ib bo'lmasa, $-1$ chiqaring.

Berilgan tangalardan S summani eng kam tanga bilan yig'ish chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $S$. Ikkinchi qatorda $n$ ta har xil natural son $c_{j}$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng kam tangalar soni yoki $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 50$
$0 \le S \le 10^{4}$
$1 \le c_{j} \le 10^{4}$

Misollar

Kirish #1
3 11
1 2 5
Chiqish #1
3
Kirish #2
2 3
2 4
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.