Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/zinapoya

DP-01

Zinapoya

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 64 MB 45%

Zinapoya $n$ ta pog'onadan iborat. Bir qadamda $1$, $2$ yoki $3$ pog'ona yuqoriga chiqish mumkin. Pastdan ($0$-pog'onadan) aynan $n$-pog'onaga necha xil usulda chiqish mumkinligini aniqlang. Qadamlar ketma-ketligi farq qilsa, usullar har xil hisoblanadi.

Zinapoyaning yuqorisiga bir, ikki yoki uch pog'onali qadamlar bilan chiqish usullari chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta natural son $n$.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — usullar sonining $10^{9} + 7$ ga bo'lgandagi qoldig'i.

Izoh

$1 \le n \le 10^{6}$

Misollar

Kirish #1
3
Chiqish #1
4
Kirish #2
4
Chiqish #2
7

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.