Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/minimal-qamrovchi-daraxt

Graf-05

Minimal qamrovchi daraxt

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 66%

$n$ ta cho'qqi va $m$ ta yo'naltirilmagan qirradan iborat graf berilgan; har bir qirraning og'irligi $w$ bor. Cho'qqilar $1$ dan $n$ gacha raqamlangan. Grafning minimal qamrovchi daraxti — barcha cho'qqilarni bog'lovchi va og'irliklari yig'indisi eng kichik bo'lgan qirralar to'plami. Shu yig'indini toping. Graf bog'liq bo'lmasa, $-1$ chiqaring.

Og'irlikli graf va uning minimal qamrovchi daraxti ajratilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida uchta butun son: $u$, $v$ va $w$ — qirra tutashtirgan cho'qqilar va qirra og'irligi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — minimal qamrovchi daraxt og'irligi yoki $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$
$-10^{9} \le w \le 10^{9}$

Misollar

Kirish #1
4 5
1 2 1
1 3 4
2 3 2
2 4 5
3 4 3
Chiqish #1
6
Kirish #2
3 1
1 2 5
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.