Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/topologik-saralash

Graf-04

Topologik saralash

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 59%

$n$ ta cho'qqi va $m$ ta yo'naltirilgan qirradan iborat graf berilgan. Cho'qqilar $1$ dan $n$ gacha raqamlangan. Hamma cho'qqilarni shunday tartibda yozing (topologik tartib): har bir $u \to v$ qirra uchun $u$ cho'qqi $v$ dan oldin keladi. Bir nechta to'g'ri tartib bo'lsa, leksikografik eng kichigini chiqaring. Grafda tsikl bo'lsa, $-1$ chiqaring.

Yo'naltirilgan graf va uning cho'qqilari topologik tartibda chizmasi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — $u \to v$ qirra.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bo'sh joy bilan ajratilgan $n$ ta butun son — topologik tartib, yoki tsikl bo'lsa $-1$.

Izoh

$1 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$

Misollar

Kirish #1
4 3
1 2
2 4
3 4
Chiqish #1
1 2 3 4
Kirish #2
3 3
1 2
2 3
3 1
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.