Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/daraxt-diametri

Graf-03

Daraxt diametri

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 1000 ms 128 MB 52%

$n$ ta cho'qqi va $n - 1$ ta qirradan iborat daraxt (tsiklsiz bog'langan graf) berilgan. Cho'qqilar $1$ dan $n$ gacha raqamlangan. Daraxtning diametrini — ikki cho'qqi orasidagi eng uzun oddiy yo'ldagi qirralar sonini toping.

Daraxt va undagi eng uzun yo'l ajratilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda natural son $n$. Keyingi $n - 1$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — qirra tutashtirgan cho'qqilar.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — daraxt diametri.

Izoh

$1 \le n \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$

Misollar

Kirish #1
5
1 2
1 3
2 4
2 5
Chiqish #1
3
Kirish #2
4
1 2
2 3
3 4
Chiqish #2
3

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.