Asosiy qismga o'tish

~/algor $ cat masalalar/eng-qisqa-yol

Graf-02

Eng qisqa yo'l

Iqbolshoh Ilhomjonov Muallif: Iqbolshoh Ilhomjonov
O'rtacha 2000 ms 128 MB 45%

Shaharda $n$ ta chorraha va $m$ ta ikki tomonlama ko'cha bor. Chorrahalar $1$ dan $n$ gacha raqamlangan. Har bir ko'cha ikkita chorrahani tutashtiradi va uni bosib o'tish $1$ daqiqa vaqt oladi. $1$-chorrahadan $n$-chorrahaga eng kamida necha daqiqada yetib borish mumkinligini toping. Yetib borishning iloji bo'lmasa, $-1$ chiqaring.

Chorrahalar va ko'chalar grafi, birinchi chorrahadan oxirgisigacha eng qisqa yo'l ajratilgan chizma

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son: $n$ va $m$. Keyingi $m$ ta qatorning har birida ikkita natural son: $u$ va $v$ — ko'cha tutashtirgan chorrahalar.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son — eng kam daqiqalar soni yoki $-1$.

Izoh

$2 \le n \le 10^{5}$
$0 \le m \le 2 * 10^{5}$
$1 \le u, v \le n$

Misollar

Kirish #1
4 4
1 2
2 3
3 4
1 3
Chiqish #1
2
Kirish #2
3 1
1 2
Chiqish #2
-1

Yechim yuborish uchun tizimga kiring

Ro'yxatdan o'tish bepul va bir daqiqa oladi.